O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - oktabr oylarida 46 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,3 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.
Oyoq kiyimlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 mln. AQSh dollariga oshgan.

2021- yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyimlari import qilgan davlatlar:
Xitoy – 5,1 mln.
Turkiya – 3,5 mln.
Vyetnam – 850 ming
Chexiya – 434 ming
Rossiya – 400 ming
Italiya – 379 ming
Indoneziya – 226 ming
Hindiston – 138 ming
Qirg‘iz R. – 99,5 ming
Ispaniya – 82 ming
Portugaliya – 77 ming AQSh dollari
Matbuot xizmati


