Joriy yilning 10- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi kuniga bag‘ishlab, “Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

konstitut_101221_ici1

konstitut_101221_ici2

Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi kuylandi. Shundan so‘zng, Axborot xizmati rahbari, axborot siyosati masalalari bo‘yicha Rais maslahatchisi Usmon Abdurasulov davlat ramzlari, jumladan, madhiya borasida qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tdi. Xususan, madhiyaning mualliflari, yaratilish tarixi va ahamiyati, xalqaro arenalarda ham kuylanishi, insonga iftixor bag‘ishlashi borasida ham to‘xtatilib o‘tdi.

konstitut_101221_ici3

konstitut_101221_ici4

Tadbir davomida qo‘mitaning Yuridik bo‘limi boshlig‘i Vahob To‘xtaev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Zokir Abduhamidov 9- dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni borasida ham qo‘mita xodimlariga atroflicha ma'lumot berib o‘tdi.

Matbuot xizmati