Joriy yilning 17- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

17122021_miks1

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi Markaziy apparat boshqarma boshliqlari hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va ekspertlar ishtirok etdi.

17122021_miks2

Uchrashuvda Multiindikator klaster kuzatuvlarini xalqaro talab va tavsiyalar asosida sifatli o‘tkazilishi yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

17122021_miks3

Shuningdek, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ham mavzu yuzasidan so‘z yuritdi. U MICS kuzatuvini olib borishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada xorijiy tajriba qanday ekani to‘g‘risida gapirdi.

17122021_miks4

Eslatib o‘tamiz, UNICEFning uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘yicha eksperti Tiana Komich mamlakatimiz hududlarida o‘tkazilayotgan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlarida qatnashdi.

17122021_miks5

Ta‘kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

To’plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.

Uchrashuv yakunida UNICEF vakillari kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar borasida ham to‘xtalib o‘tishdi.

Matbuot xizmati