Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

sport_1

Davlat statistika qo'mitasi ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport majmualarida xodimlar o'rtasida turli sport tadbirlari o'tkazmoqda. Xususan, shu yilning 18- dekabr kuni reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari o'rtasida “Workout” bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi.

sport_2

sport_3

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir. Shuningdek, Covid–19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish hamda jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

sport_5

 

Matbuot xizmati