Joriy yilning 21- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

Tadbirda dastlab, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

akt_211221_1_1

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida Axborot xavfsizligi hamda tizimda AKTni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

akt_211221_2

akt_211221_3

Jumladan, hududiy boshqarmalarda axborot xavfsizligi joriy etish, sohaga so‘nggi AKTni tatbiq etish hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

akt_211221_4

Vebinar so‘nggida, Axborot xavfsizligi hamda AKT sohasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati