2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 454 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 111,7 foizga oshgan.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida 2 382 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 2 361 tasi kichik tadbirkorlik sub'ektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

registr_ichi_211221

Yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlar:

Toshkent shahri – 815 ta

Farg‘ona viloyati – 249 ta

Samarqand viloyati – 221 ta

Andijon viloyati – 144 ta

Matbuot xizmati