2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,4 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 75,1 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 106,2 % tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 24,9 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 189,7 % tashkil etdi.
Matbuot xizmati


