Yangi yil arafasida, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi sohada xizmat ko’rsatgan xodimlar va ehtiyojmand olilalar holidan xabar olinmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi tomonidan ham bayram munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi. Jumladan, iste’mol uchun muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.

Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma’naviy-ruhiy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.

Keksalar qo‘mita tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan bu kabi ma’naviy-moddiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Matbuot xizmati


