Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

minifutbol_231221_ici1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

minifutbol_231221_ici2

Davlat statistika qo'mitasi ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport majmualarida xodimlar o'rtasida turli sport tadbirlari o'tkazmoqda. Xususan, shu yilning 22- dekabr kuni reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari xodimlari o'rtasida “mini-futbol” bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi.

minifutbol_231221_ici3

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir.

minifutbol_231221_ici4

Shuningdek, Covid–19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish hamda jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

minifutbol_231221_ici5

 Matbuot xizmati