2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 7 918,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 23,4 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 10,0 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 1,0 foiz punktga, 2017- yilning mos davriga nisbatan 3,5 foiz punktga oshdi.

Matbuot xizmati


