Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

mar-27_12_2021-1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

mar-27_12_2021-2

mar-27_12_2021-3

Davlat statistika qo'mitasi ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport majmualarida xodimlar o'rtasida turli sport tadbirlari o'tkazmoqda.

mar-27_12_2021-4

Xususan, shu yilning 20–24- dekabr kunlari reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari xodimlari o'rtasida “Sport festivali” o'tkazildi.

mar-27_12_2021-5

Mazkur sport festivalida workout, mini-futbol, badminton va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

mar-27_12_2021-6

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir.

mar-27_12_2021-7

Sport festivali g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Matbuot xizmati