2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,4 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 71,9 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 93,0 % tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 28,1 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 126,2 % tashkil etdi.
Matbuot xizmati


