Joriy yilning 30- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari va Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

_301221_ici1

_301221_ici2

_301221_ici3

Tadbirda dastlab, Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi. Yil davomida statistika tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

_301221_ici4

_301221_ici5

_301221_ici6

_301221_ici7

Shundan so‘ng, qo‘mita markaziy apparatning yil davomida faol bo’lgan xodimlari hamda Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti professor-o‘qituvchilariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi.

_301221_ici8

_301221_ici9

_301221_ici10

_301221_ici11

 Tadbir so‘nggida taqdirlanganlar so‘zga chiqib, eʼtibor va eʼtirof uchun katta tashakkur bildirishdi, bu e’tirof ularni  yanada g‘ayrat va shijoat bilan ishlashga ko‘mak berishini aytib o‘tishdi.

_301221_ici12

_301221_ici13

_301221_ici14

Matbuot xizmati