Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirildi.

toshkent_210122_ici1

toshkent_210122_ici2

Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ikki xil usulda, yaʼni 1-5-noyabr kunlari Internet tarmog‘i orqali va 11-22- noyabr kunlari qog‘oz shaklida ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda amalga oshirildi.

toshkent_210122_ici3

toshkent_210122_ici4

Ushbu ma’lumotlarni shakllantirish uchun aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish o‘tkazilgan 4 ta hududda birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi tashkil etildi.

toshkent_210122_ici5

toshkent_210122_ici6

Mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilgan operatorlar tomonidan joriy yilning 5- yanvaridan boshlab savolnoma shakllarini birlamchi ma’lumotlar elektron bazasiga kiritish jarayonlari boshlandi.

toshkent_210122_ici7

toshkent_210122_ici8

Toshkent shahar birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish jarayonlaridan fotolavhalar. 

Matbuot xizmati