2021- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Jizzax viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 47,5 %i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 40,2 % va Toshkent viloyatida 37,1 % ni tashkil etdi.
Bu ko`rsatkich bo`yicha eng kichik ulush Surxondaryo viloyatida kuzatilib, jami investitsiyalarning 14,0 % ini tashkil etdi.

Matbuot xizmati


