2021- yilning yanvar-dekabr oylarida hududlarda yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmining eng yuqori miqdori Toshkent shahrida qayd etilib, 18,0 trln. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Samarqand viloyatida – 5,2 trln. so‘m, Toshkent viloyatida – 5,1 trln. so‘m va Surxondaryo viloyatida 4,6 trln. so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkichning kichik hajmlari Sirdaryo viloyatida 1,8 trln. so‘m va Jizzax viloyatida 2,5 trln so‘m miqdorida kuzatildi.

Matbuot xizmati


