2021- yilda sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 8,7 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 10,7 % ga (2020- yilda 22,0 % ga kamayish, 2019- yilda 0,6 % ga kamayish) hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 8,2 % (2020- yilda – 7,9 %, 2019- yilda – 6,6 %)ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ida ham 13,0 % (2020- yilda 6,8 % va 2019- yilda 5,1 %)ga ijobiy o‘sish qayd etildi. Shuningdek, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida esa 17,7 % ga kamayish (2020- yilda 0,9 % ga kamayish, 2019- yilda 2,2 % ga o‘sish) kuzatildi.

sns_ichii_040222___

 

Matbuot xizmati