2022- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 518 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar oyida ushbu sohada 159 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 114,4 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
2022- yil yanvar oyida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 45 ta
Farg‘ona viloyati – 18 ta
Andijon viloyati – 16 ta
Buxoro viloyati – 14 ta
Samarqand viloyati – 13 ta
Matbuot xizmati


