2021- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM deflyator indeksi 2020- yildagi narxlarga nisbatan 113,6 % ni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 116,7 %, qurilishda – 114,2 % hamda sanoatda – 113,8 % qayd etildi. Respublikaning o‘rtacha darajasi (113,6 %)dan past bo‘lgan deflyator indeksi tashish va saqlash, axborot va aloqada – 106,5 %, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 112,8 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida – 112,6 % kuzatildi. Shu bilan birga, mahsulotlarga sof soliqlarning deflyator indeksi 112,3 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati


