2021- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 7,4 % ga o‘sdi va 26 250,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,7 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 28,8 %), sanoatda 107,4 % (26,7 %), qurilishda 110,5 % (8,5 %) va xizmatlar sohasida 109,7 % (36,0 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 6,0 % ga o‘sdi va 13 558,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Matbuot xizmati


