2022- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,8 mingtani tashkil etib, ulardan 13,4 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 474 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni davlatlar kesimida qaralganda:
Rossiya – 2 313 ta
Xitoy – 1 948 ta
Turkiya – 1 912 ta
Qozog‘iston – 1 071 ta
Koreya – 900 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2022- yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Turkiya – 31 ta
Rossiya – 23 ta
Xitoy – 12 ta
Koreya – 9 ta
Qozog‘iston – 8 ta
Matbuot xizmati