2021- yilning yanvar–dekabr oylarida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 297,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o`sish surati 137,3 % ni, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 6,65 % ni tashkil etdi.Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Andijon shahar (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 32,9 % i yoki 2020- yilning yanvar–dekabr oyiga nisbatan 102,4 %) ga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati


