14/02/2022

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar oyi davomida jami faoliyat yuritayotgan 850 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 535,9 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yilning yanvar oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 120,5 % ni tashkil etdi.

Ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 45,6 % (165 ta ichimlik ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 32,5 % (136 ta) hamda Xorazm viloyati 5,5 % (31 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.

ichimlik_ichi_140222

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech