2022- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 727 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 110,6 foizga oshgan.2022- yil yanvar oylarida axborot va aloqa sohasida 180 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 179 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p hududlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak;

Toshkent shahri – 69 ta

Samarqand viloyati – 19 ta

Farg‘ona viloyati – 14 ta

Toshkent viloyati – 12 tani tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

ichiiiii5554

Matbuot xizmati