2021-yilning yanvar–dekabr oylarida Buxoro viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 29 150,0 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi.

topik_ichi_23_02_21

Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 9,2 %ni tashkil etdi.

Viloyat boʻyicha jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 49,4 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 50,6 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keldi.