2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,3 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 88,4 %, yoki 10732,9 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 87,9 % tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 11,6 %, yoki 1410,8 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,0 % tashkil etdi.


