2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 136,4 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 84,0 %, yoki 15951,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 16,0 %, yoki 3044,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.



