Joriy yilning 23–25- fevral kunlari Toshkent shahar statistika boshqarmasida “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

240222_1

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’ayibnazarov Bahodir Karimovich oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha keng tushuncha berib kelmoqda.

240222_2

Toshkent shahar statistika boshqarmasida o‘tkazilgan uchrashuvda Bahodir G’ayibnazarov tomonidan makroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tahlili, milliy statistikaning xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish, statistik ma'lumotlarni shakllantirish borasida ma’lumotlar berildi.

240222_3

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti katta o‘qituvchi Umarov Faxriddin Umarovich o‘quv kursi ishtirokchilariga ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika bo‘yicha tayyorlangan tahliliy statistik ma'lumotlar haqida batafsil tushuncha berdi.

 

Matbuot xizmati