2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,0 % ni tashkil etdi.Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 87,9 %, yoki 11628,0 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 101,9 % tashkil etdi.Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 12,1 %, yoki 1596,4 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,0 % tashkil etdi.

Matbuot xizmati


