2021-yilning yanvar - dekabr oylarida Toshkent viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 30 712,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi.
Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 9,7 %ni tashkil etdi.
Viloyat boʻyicha jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 46,2 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 53,8 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keldi.



