2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,4 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 72,0 %, yoki 6268,3 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 108,2 % tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 28,0 %, yoki 2439,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.



