2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,2 % ni tashkil etdi.Jami investitsiyalar hajmida,markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 84,0 %, yoki 10851,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 16,0 %, yoki 2068,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Matbuot xizmati