2021-yilning yanvar - dekabr oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 20 501,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi.

Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 6,4 %ni tashkil etdi.

Viloyat boʻyicha jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 44,9 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 55,1 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keldi.

selxoz_ichi_02032022