2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha 8580,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 13,4 % ni yoki 1 153,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 7 426,6 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 86,6 % investitsiyalari o‘zlashtirildi.



