2021- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi 4,7 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 104,5 % ni, qurilish – 107,9 % ni, xizmatlar sohasi – 109,4 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 104,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, 2020- yil bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi (98,6 %) kuzatildi.

Matbuot xizmati


