Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston 26 ta xorijiy davlatlarga qiymati 72,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,2 mln AQSH dollariga oshgan.
Yanvar oyida Oʻzbekiston tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 39,4 mln. AQSH dollari
Qirgʻiz R. – 24,1 mln. AQSH dollari
Qozogʻiston – 3,1 mln. AQSH dollari
Ukraina – 1,2 mln. AQSH dollari
Germaniya – 828 ming AQSH dollari
Tojikiston – 725 ming AQSH dollari
Yanvar oyida tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 21,9 mln. AQSH dollari
Namangan viloyati – 14,1 mln. AQSH dollari
Toshkent viloyati – 11,7 mln. AQSH dollari
Toshkent shahri – 8 mln. AQSH dollari
Fargʻona viloyati – 4,6 mln. AQSH dollari

Matbuot xizmati


