2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida markazlashgan moliyalashtirish manbalaridan Respublika budjeti 900,4 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 7,4 % ini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 35,7 % ga o‘sdi.
Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 38,2 mlrd so‘m, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 300,5 mlrd. so‘m hamda Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 171,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi.



