Joriy yilning 7-mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ma'naviyat va ma'rifat kengashi va  Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qo‘mitada ishlayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

8-mart-1

8-mart-2

8-mart-3

Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich dilbar opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

8-mart-4

8-mart-5

8-mart-6

 Shundan so‘ng, aziz ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Kuy-qo‘shiqlar va o‘zgacha bayram dasturxoni opa-singillarimiz kayfiyatini yanada ko‘tardi.

8-mart-7

8-mart-8

8-mart-9

Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin !8-mart-10

8-mart-11

8-mart-12

8-mart-13

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar !

Samimiy va cheksiz hurmat ila,

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi