2021- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YAHM hajmi 7,8 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 104,6 % ni, sanoat – 111,4 % ni, qurilish – 112,8 % ni, xizmatlar sohasi – 110,2 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 108,3 % ni tashkil etdi.



