2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 537 394 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 110,1 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,2 foizini (474 066 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri – 107 365 ta
Toshkent viloyati – 50 973 ta
Samarqand viloyati – 47 962 ta
Farg‘ona viloyati – 47 079 ta
Andijon viloyati – 41 897 ta
Qashqadaryo viloyati – 36 623 ta
Namangan viloyati – 33 567 ta
Buxoro viloyati – 31 354 ta
Surxondaryo viloyati – 28 871 ta
Xorazm viloyati – 25 331 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 23 997 ta
Jizzax viloyati – 23 325 ta
Navoiy viloyati – 22 896 ta
Sirdaryo viloyati – 16 154 ta



