2022- yilning 1- mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 474 066 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 470 712 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 96 154 ta
Toshkent viloyati – 44 837 ta
Samarqand viloyati – 41 956 ta
Farg‘ona viloyati – 40 783 ta
Andijon viloyati – 36 413 ta
Qashqadaryo viloyati – 31 620 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 159 316 ta
sanoatda – 91 178 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 47 737 ta
qurilishda – 43 886 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 33 197 ta

Matbuot xizmati


