Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar oyida bu xizmatlarning ulushi 25,3 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy xizmatlar (24,2 %), transport (21,4 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,4 %), shuningdek, ta’lim  sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (3,9 %) qayd etildi.

Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,6 % ga yetdi.

Savdo xizmatlari – 25,3 %;

Moliyaviy xizmatlar – 24,2 %;

Transport xizmatlari – 21,4 %;

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,4 %;  

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 3,9 %;  

Boshqa xizmatlar – 3,6 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,9 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 2,8 %;

Shaxsiy xizmatlar – 2,6 %;

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 1,8 %;

Ijara xizmatlari – 1,8 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,7 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,6 %.

ichi-240322-xizmatlar-2