O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qirg‘iz Respublikasidan – 652,2 ming kishi (jami kirib kelgan chet el fuqarolaridan 34,7 % ni tashkil etadi), Qozog‘istondan – 565,3 ming kishi (30,0 %), Tojikistondan – 288,2 ming kishi (15,3 %), Rossiyadan – 190,5 ming kishi (10,1 %), Turkiyadan – 44,2 ming kishi (2,3 %), Afg‘onistondan – 34,0 ming kishi (1,8 %), Pokistondan – 10,7 ming kishi (0,6 %), Hindistondan – 10,7 ming kishi (0,6 %), Ukrainadan –
8,7 ming kishi (0,5 %), Germaniyadan – 6,9 ming kishi (0,4 %), Janubiy Koreyadan – 5,8 ming kishi (0,3 %), AQSHdan – 5,4 ming kishi (0,3 %) va Belarus Respublikasidan – 4,3 ming kishi (0,2 %) kirib kelgan. Qolgan 54,5 ming kishi (2,9 %) O‘zbekistonga boshqa xorijiy davlatlardan kelganlar.



