2022- yilning yanvar oyida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 18,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 3,3 ming tonna trikotaj  mahsulotlarini eksport qilgan. Trikotaj  mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 mln AQSH dollariga oshgan.

Yanvar oyida Oʻzbekiston trikotaj  mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 7,3 mln

Qirgʻiz R. – 5,6 mln

Italiya – 2,4 mln

Ukraina – 1,1 mln AQSH dollari

Yanvar oyida trikotaj  mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:

Toshkent shahri – 9,3 mln

Toshkent viloyati – 3,2 mln

Andijon viloyati – 1,9 mln

Buxoro viloyati – 1,2 mln AQSH dollari

28_03_2022136-ichigaaaa

Matbuot xizmati