2020- yil 1-iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlarmasalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

statistika-ishlarini1

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

statistika-ishlarini2

Mazkur grafika sosida joriy yilning iyun-iyul oylarida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

statistika-ishlarini3

2022- yilning 31- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi Yig`ma-axborot ishlari hamda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan onlayn vebinar tashkil etildi.

statistika-ishlarini4

Tadbirda 2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.

statistika-ishlarini5

Tadbirda statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar muhokama va tahlil qilingan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, hududiy statistika boshqarmalarning xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati