Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.


Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.


Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.



Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.


Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi Marhamat mahallasidagi maxsus ajratilgan hududda 375 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.


Shuningdek, tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan mazkur ko’chatlarning parvarishi va sug’orilish ishlari nazorati bo’yicha kelishib olindi.
Matbuot ximzati


