2021- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 11 040,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 17,7 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 10,0 % ga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 0,7 foiz punktga, 2017- yilga nisbatan 3,9 foiz punktga oshdi.

Matbuot xizmati


