Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar-fevral oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,6 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy xizmatlar (23,6 %), transport (21,0 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,5 %), shuningdek, ta’lim  sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (3,8 %) qayd etildi.

Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,7 % ga yetdi.

Savdo xizmatlari – 25,6 %;

Moliyaviy xizmatlar – 23,6 %;

Transport xizmatlari – 21,0 %;

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,5 %;  

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 3,8 %;  

Boshqa xizmatlar – 3,6 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,9 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 2,8 %;

Shaxsiy xizmatlar – 2,7 %;

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 2,0 %;

Ijara xizmatlari – 1,9 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,9 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,7 %.

06_04_20222222222222145-ichigggggggggaaa

Matbuot xizmati