Joriy yilning 9- aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan Parkent tumanining Samsara qishlog'ida “Milliy qadriyatlar – beqiyos boyligimiz” shiori ostida milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha festival o‘tkazildi.
Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad – Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlah va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda "Sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlashdan iborat.


Mazkur festivalda sport targ'ibotchilari va ularning oila a’zolari, turli vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Festivalda bir necha yo'nalishda musobaqalar o'tkazildi. Xususan, milliy kurash, chillak, bahodirlar o‘yini, tosh ko‘tarish, varrak uchirish va boshqa milliy xalq o‘yinlari bo'yicha bellashuvlar tashkil etildi.



Festivalning bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish musobaqasida Davlat statistika qo'mitasi bosh mutaxassisi Sarvar Inoyatov faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan havaskor sportchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Matbuot xizmati


