12/04/2022

2022- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 109 tani tashkil etib, ulardan 13 656 tasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 417 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni davlatlar kesimida qaralganda:

Rossiya – 2 390 ta

Xitoy – 1 967 ta

Turkiya – 1 961 ta

Qozog‘iston – 1 109 ta

Koreya – 890 ta

Xorijiy kapital ishtirokida 2022- yil yanvar- mart oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya – 107 ta

Turkiya – 95 ta

Qozog‘iston – 46 ta

Xitoy – 45 ta

Tojikiston – 20 ta

register-ichi120422

Tugmani bosing Tinglash GSpeech